Zimbabve

Zimbabve Respublikasi

Zimbabve bayrog'i
📍
Poytaxt
Xarare
👥
Aholi
17 073 087
🗺️
Maydoni
390 757 km²
💰
Valyuta
Zimbabve dollari (ZWB)

📖 Tarixi

XII-XVII asrlarda hozirgi Zimbabve hududida Monotapa davlati bo‘lgan. XIX asr oxirlarida mamlakatni Rodeziya deb atagan inglizlar paydo bo‘ladi. 1923-yilda Janubiy Rodeziya Britaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1953-yildan 1963-yilgacha Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi tarkibiga kiritiladi. 1979-yil Zimbabve (mamlakatning yangi nomi)da parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi va afrikaliklar parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega boldilar. Lekin mam­lakatning to‘liq mustaqillikka erishishi uchun partizan urushi 1980-yil 17-aprelgacha davom etdi.

📈 Iqtisodiyoti

Zimbabve Afrika qit’asining iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangan mamlakatlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi ham iqtisodning muhim tarmog‘idir. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, JAR, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2745 km, avtomobil yo‘llari - 85237 km. Asosiy porti (daryo porti) - Kariba.