Zambiya

Zambiya Respublikasi

Zambiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Lusaka
👥
Aholi
19 693 423
🗺️
Maydoni
752 614 km²
💰
Valyuta
Zambiya kvachasi (ZMK)

📖 Tarixi

Hozirgi Zambiya hududi ilk davlatlar (Barotse, Lunda) XVII-XIX asrlar paydo bo‘ldi. XIX asr oxirlarida Zambiya hududida Britaniya hukmronligi o‘rnatildi va Shimoliy Rodeziya deb atala boshlandi. Shimoliy Rodeziya 1953-yil Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasiga kiritildi. 1963-yilda Federatsiya bo‘linib ketganidan keyin Shimoliy Rodeziya 1964-yil 24-oktabrda mustaqil Zambiya Respublikasiga aylandi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi past. Mis qazib olish va qayta ishlash ishlab chiqarishda asosiy o‘rin tutadi. Iqtisodning asosiy muammolaridan biri davlat tashqi qarzlarining ko‘pligi. Asosiy savdo hamkorlari - YI, Yaponiya, Janubiy Afrika, AQSh. Temiryo‘llarinig umumiy uzunligi - 1273 km. Avtomobil yo‘llari - 36370 km. Ichki suv yo‘llari - 2250 km. Asosiy porti - Mpulungu.