Janubiy Afrika Respublikasi

Janubiy Afrika Respublikasi

Janubiy Afrika Respublikasi bayrog'i
📍
Poytaxt
Pretoriya
👥
Aholi
63 100 945
🗺️
Maydoni
1 221 037 km²
💰
Valyuta
Rend (ZAR)

📖 Tarixi

Hozirgi JAR hududiga dastlab bushmenlar, keyinchalik gottentotlar o‘rnashgan. 1488-yilda portugal dengizchisi Dias Yaxshi Umid burnini kashf etadi.
1652-yilda gollandlar Janubiy Afrika sohillarida o‘z mustamlakalariga asos solishadi. Bular 1834-1839-yillarda Transvaal hamda Oranj respublikalariga asos solishadi. Inglizlarning Transvaalga 1877-yilda hujum qilishi birinchi ingliz - bur urushini keltirib chiqaradi va bu urushda Buyuk Britaniya magiubiyatga uchraydi. Lekin ikkinchi ingliz - bur urushidan so‘ng, 1902-yilda inglizlar burlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 1910-yilda Кар, Natal, Transvaal va Oranjdan iborat federatsiya tuziladi va Britaniya dominioni deb e’lon qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Janubiy Afrika Ittifoqi (1961-yildan JAR)ning hukumati aparteid siyosatini e’lon qiladi. Mamlakatning afrikalik aholisining noroziliklari, jahon hamjamiyatining mamlakat hukumatini iqtisodiy sanksiyalar bilan siquvga olishi 1989-yilda aparteid siyosatining tugatilishiga olib keldi. 1992-yilda dastlabki demokratik saylovlarda Nelson Mandela g‘olib chiqadi. 1994-yili hokimiyat bo‘linishi hamda aparteiddan voz kechish tamoyillariga asoslangan muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi (1996-yilda yangi konstitutsiya qabul qilingan). XXI asr boshlaridan mamlakatda qashshoqlikka barham berish va iqtisodni liberallashtirish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

📈 Iqtisodiyoti

JAR Afrika qit’asidagi iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlatlardan biridir. Iqtisodning asosi - tog‘-kon sanoati (platina, oltin, xrom ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi). Mashinasozlik, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Umumiy sanoat ishlab chiqarishi YIMning 40% ini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 5% i) chorvachilik rivojlangan. Makkajo‘xori, bug‘doy, shakarqamish yetishtiriladi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘zi qoplaydi. Asosiy savdo sheriklari: Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya, AQSh, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 20638 km, avtomobil yo‘llari - 188309 km (54013 km ga tosh yotqizilgan). Asosiy portlari: Durban, Keyptaun, Port-Elizabet.