Samoa

Samoa Mustaqil davlati

Bayroq
Poytaxt

Apia

Aholi

194 300

Maydoni

2 842 km²

Valyuta

Tala (WST)

Tarixi

1722-yilda gollandlar tomonidan kashf qilingan. Samoa orollari Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniya o‘rtasidagi tortishuvlarga sabab bo‘lgan. 1899-yil dekabrda orollarning g‘arbiy qismi Germaniya qo‘l ostiga o‘tdi. 1914-yil avgustda g‘arbiy Samoa o‘z hukmronligini 1962-yilgacha o‘rnatgan Yangi Zelandiya tomonidan bosib olindi. 1962-yil mustaqillikni qo‘lga kiritdi.

Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishi kichik korxonalar va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va b. bilan cheklangan. Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylanib bormoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Yangi Zelandiya, Avstraliya, Germaniya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 2242 km. Asosiy portlarii: Apia, Asou.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita