Tarixi
Orollar aholisining ajdodlari m. a. Ill ming yilliklarda Osiyodan ko‘chib kelishgan. 1774-yilda orollar portugallar tomonidan kashf qilindi. XVIII asrda orollar mashhur ingliz dengizchisi J. Kuk tomonidan o‘rganildi. XIX asrda orollarni fransuz va inglizlar mustamlakaga aylantirishdi. 1887-yilda Yangi Gibrid orollarini boshqarish uchun fransuz va ingliz komissiyasi tashkil etiladi. 1906-yilda ushbu komissiya kondominium deb atala boshladi. 1980-yili Vanuatu mustaqil deb e’lon qilindi. Mamlakatda chet el kapitalining hukmronligi saqlanib qolmoqda.
Iqtisodiyoti
Mamlakat iqtisodining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Madaniy o‘simliklardan kakao, qahva, kopra, banan, yams, maniok, mevalar, shokolad daraxti o‘stiriladi. Iqtisodning boshqa sohalaridan baliqchilik va turizm ham rivojlangan. Chorvachilik rivojlanmoqda. Sanoat sust rivojlangan bo‘lib, korxonalar asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, yog‘och va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Asosiy savdo hamkorlari: Niderlandiya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya. Transport kommunikatsiyalari avtomobil yo‘llar mavjud. Asosiy porti - Port-yila.