Tarixi
Mamlakat hududida m. a. 300-yilda Dong-son davlati gullab-yashnadi. М. a. 111-yilda Vyetnam Xitoy tomonidan bosib olindi. 939-yilda xitoyliklar mag‘lubiyatga uchrab, dastlabki vyetnam sulolasiga asos solinadi. 1471-yilda Shimoliy va Janubiy Vyetnamning birlashish jarayoni boshlandi. 1858-yilda Fransiya tomonidan Vyetnam bosib olindi. 1930-yilda Xo Shi Min kommunistik partiyani tashkil etdi va mustaqillik uchun kurash boshladi. 1946-yilda Vyetnam fransuzlar va ularning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash boshladi. 1954-yilda Jeneva kelishuviga asosan Vyetnam 17-parallel bo‘ylab ikkiga bo‘lindi. Shimolni kommunistlar, janubni AQSh qo‘llab-quvvatladi. 1964-yili Shimol qo‘shinlari AQShning kichik kemalariga hujum qilganidan so‘ng harbiy harakatlar boshlanib ketdi. 1973- yilda AQSh qo‘shinlari Vyetnamdan olib chiqildi. 1992-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1995-yilda Vyetnam AQSh bilan diplomatik munosabatlarini qayta tikladi.
Vyеtnam davlati bilan o‘zbеkiston o‘rtasida 1992-yildan buyon diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.
Iqtisodiyoti
Mamlakat iqtisodi davlat, koopperativ va xususiy sektorlaridan tarkib topgan. Vyetnam Janubi Sharqiy Osiyoning «Yangi industrial mamlakat»lari qatoriga kiradi. Sanoatning tog‘-kon, metallurgiya, energetika, asbobsozlik tarmoqlari rivojlanmoqda. Neft, apatitlar, xromitlar, qalay, volfram qazib olinadi. Mamlakat o‘z-o‘zini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan tola ta’min- lashga erishdi. Sholi, shakarqamish, choy, qahva, paxta, batat, tropik meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Tailand, Rossiya.