Virgin orollari (Britaniya)

Britaniya Virgin orollari

Bayroq
Poytaxt

Rod Taun

Aholi

20 000

Maydoni

153 km²

Valyuta

AQSh dollari (USD)

Tarixi

1493-yilda X.Kolumb ckspcditsiyasi orolga kelib tushgan. YevropaliJdardan birinchilardan bolib gollandlar (1648) yashay boshlaganlar. Angliyaliklar dastlab 1666-yilda orolga kelgan. Ular kelishi bilan qullar mehnatiga asoslangan plantatsiyalar xo‘jaligi rivojlana boshlagan. Qulchilik tugatilguniga qadar (XIX asr o‘rtalarida) orolga yetti ming negr qullar keltirilgan. 1762-yildan Buyuk Britaniyaning rasmiy mustamlakasi. 1960-yilda rasman alohida hudud deb e’lon qilindi. 1967-yilda orolga chegaralangan o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berildi.

Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil etadi. Sement, rom, yengil sanoat, qurilish mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Kokos yong‘og‘i, banan, shakarqamish, sabzavotlar yetishtiriladi. Importi: mashina va jihozlar. Eksporti: rom, baliq, qum, shag‘al, mevalar, chorvachilik mahsulotlari. 2006-yil YIM miqdori 2590 mln dollarni (aholi jon boshiga - 38500 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Puerto-Riko, Virgin orol-lari (AQSH).

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita