Venesuela
Venesuela Bolivarian Respublikasi
📍
Poytaxt
Karakas
👥
Aholi
28 517 000
🗺️
Maydoni
916 445 km²
💰
Valyuta
Bolivar fuеrte (VEF)
📖 Tarixi
1498-yilda X.Kolumb hozirgi Venesuela yerlarini kashf qildi. XVI asrdan boshlab ispanlar mamlakatni mustamlaka qila boshlaydi. 1567-yilda mamlakat poytaxti Karakasga asos solindi. XVIII asrning birinchi yarmida Venesuela lspaniya vitse-qirolligining tarkibiy qismiga aylandi. XIX asr boshlaridan mustaqillik uchun kurash boshlandi. Mustaqillik uchun kurashga Simon Bolivar rahbarlik qildi. Bir qator g‘alabalar va mag‘lubiyatlardan so‘ng, Venesuela to‘la mustaqillikni 1830-yilda qo‘lga kiritdi. XX asrning o‘rtalarigacha mamlakatda harbiy to‘ntarishlar va inqiloblar bo‘lib turdi. 1958-yildagina mamlakatda fuqarolik demokratiyasi o‘rnatildi. Mamlakat iqtisodi neft eksporti hisobiga tez sur’atlar bilan rivojlandi. 1974-yilda neft sanoati milliylashtirildi. 1980-yillarning o‘rtalarida mamlakatda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlanib, ommaviy namoyishlarga, ish tashlashlarga olib keldi. 90-yillarda bir qator harbiy to‘ntarishlami amalga oshirish uchun harakatlar bo‘lib, ularning barchasi hukumat qo‘shinlari tomonidan bostirildi. Bir kunda 3 mln barrel neft qazib oladigan Venesuela prezidenti Ugo Chaves AQSh bilan keskin munosabatda bo‘lishiga qaramay neft yetkazib berish shartnomasi uzluksiz bajarilib kelingan (Venesuela nefti AQSh neft importining 15% tashkil qiladi). 2006-yil 12 martda Venesuela parlamenti davlat bayrog‘iga sakkizinchi yulduzni qo‘shish haqidagi qarorni qabul qildi (XIX asrning boshida Guayana viloyati qo‘shilganligini ifodalovchi sakkizinchi yulduzni qo‘shish 1817-yilda Simon Bolivar tomonidan taklif etilgan edi).
📈 Iqtisodiyoti
Mamlakat iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Neft qazib olishdan keladigan foyda davlat budjetiga tushadigan daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Quyidagi sanoat sohalari rivojlangan; temir rudasini qazib olish, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobilsozlik. Makkajo‘xori, dukkaklilar, shakarqamish, sholi, sorgo, kartoshka, sabzavotlar, qahva, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Braziliya, Kolumbiya, Yaponiya, Italiya, Germaniya.