Sent-Vinsent va Grenadina

Sent-Vinsent va Grenadina

Sent-Vinsent va Grenadina bayrog'i
📍
Poytaxt
Kingstaun
👥
Aholi
110 872
🗺️
Maydoni
389 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)

📖 Tarixi

Sent-Vinsent oroli Kolumb tomonidan kashf qilingan va XVII asrgacha ispan mustamlakasi bo‘lib qolaverdi. XVII-XVIII asrlarda orol Fransiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida talash bo‘ldi. Sent-Vinsent va Grenadin 1762-yili Buyuk Britaniyaning to‘la hukmronligi ostiga o‘tdi va 1783-yili mustamlaka deb e’lon qilindi. 1958-1962-yillarda orollar Vest-Indiya Federatsiyasiga kirdi, 1979-yili esa mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining eng muhim sohasi - qishloq xo‘jaligi (banan - asosiy eksport mahsulotlaridan biri). Rivojlanib borayotgan turizm ham daromadning eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Karib havzasi davlatlari. Avtomobil yoilarining umumiy uzunligi - 1184 km. Porti - Kingstaun.