Tarixi
Hozirgi Uganda hududida dastlab Kitara davlati vujudga keladi. XV asrda markaziy Ugandada Unror davlati yetakchilik qiladi. XIX asrning o‘rtalariga kelib Uganda qirolligining mavqeyi ortadi. 1862-yilda inghzlar Ugandaga kirib kehshadi. 1890-yildan Uganda Britaniya protektoratiga aylanadi. 1962-yilda Uganda mustaqillikka erishadi. 1963-yildan respublika deb e’lon qilinadi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatda bir necha bor harbiy to‘ntarishlar bo‘lib o‘tadi. Shunday to‘ntarishlardan birida 1971-yili hokimiyatga general Amin keladi. Diktator Amin hukmronligi yillarida 300000 ga yaqin aholi qirib yuboriladi, mamlakat iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi. Amin 1979-yilda Tanzaniya armiyasi yordamida hokimiyatdan chetlashtiriladi. Shundan so‘ng ham mamlakatda davlat to‘ntarishlarini keltirib chiqaradigan fuqarolar urushi davom etadi. So‘nggi davlat to‘ntarishi Ugandada 1986-yilda amalga oshirilgan.
Iqtisodiyoti
Sanoatining asosiy tarmoqlari - tog‘-kon, oziq-ovqat va yengil sanoat. Tuproqning unumdorligi va qulay iqlim sharoiti tufayli qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda (YIM - 57%). Mamlakat eng ko‘p daromadni asosiy eksport mahsuloti - qahvadan oladi. Qahvadan tashqari choy, paxta, tamaki eksport qilinadi. Mamlakat o‘zini o‘zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Buyuk Britaniya, Keniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya. Temiryoilarining umumiy uzunligi - 1300 km, avtomobil yo‘llari - 26200 km (2000 km ga yaqini qattiq qoplamali). Asosiy porti: Dinja (Viktoriya ko‘lida).