Tanzaniya

Tanzaniya Birlashgan Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Dodoma

Aholi

47 421 786

Maydoni

947 303 km²

Valyuta

Tanzaniya shillingi (TZS)

Tarixi

Tanganika sohillari va unga yaqin orollarda (Zanzibar) VII-VIII asrlardayoq arablar o‘rnashishgan edi. 1505-yilda bu hududlarga portugallar kirib keladi, ammo ular o‘z ta’sirini XVII asrning oxirlarida yo‘qotishadi. XVIII asrda Zanzibar Ummon sultonlariga qaram bo‘ladi. Ummon sultonlari 1832-yilda o‘z qarorgohlarini Zanzibarga ko‘chirishadi. 1856-yilda mustaqil Zanzibar sultonligi tashkil topadi. 1890-yilda sultonlik Britaniya protektorati deb e’lon qilinadi. Mamlakatning bantu qabilalari istiqomat qiladigan markaziy viloyatlarini mustamlakaga aylantirish XIX asrda inglizlar va nemislar tomonidan boshlanadi. 1885-yilda Tanganika hududida Germaniya Sharqiy Afrikasi Kompaniyasiga asos solinib, 1891-yilda bu hududlar Germaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1920-yilda Millatlar Ligasi Tanganikani boshqarish mandatini Buyuk Britaniyaga topshirdi. 1947-yilda bu yerlar BMT otalig‘idagi hududlar maqomini oladi. Tanganika (1961) va Zanzibar (1963) mustaqillikka erishgandan so‘ng 1964-yilning aprelida yagona davlat Tanzaniya tashkil topadi.

Iqtisodiyoti

Tanzaniya iqtisodi sezilarli darajada qishloq xo‘jaligi (YIM - 58%) bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi mahsulot- lari (asosan qahva, choy, paxta, tamaki, chinnigul) eksportning 85% ini tashkil etadi. Sanoat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, olmos va neft qazib olish hamda neftni qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Italiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 3555 km, avtomobil yo‘llari - 81900 km. Portlari: Dor-us- Salom, Mtvara, Ianga va Zanzibar (okean), Mvenda va Kigoma (daryo).

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita