Tayvan

Tayvan

Bayroq
Poytaxt

Taybey

Aholi

23 373 000

Maydoni

36 193 km²

Valyuta

Yangi Tayvan dollari (TWD)

Tarixi

XVII asrda Tayvanga kirib kela boshlagan xiloyliklar (xan elati) sekin-asta kelib chiqishi malayyaliklardan bo‘lgan mahalliy aholi bilan chatishib ketadi. Tayvan 1590-yilda portugallar tomonidan egallanadi. Portugallar orolga Formoza (ajoyib) deb nom bcrishadi. 1662-1682-yillarda Tayvan gollandlarga qaram bo‘lgan. 1683-yili esa orol Xitoy imperiyasi tarkibiga kirgan. 1895-yilda orolni Yaponiya bosib olgan va 1945-yilgacha orol yaponlarga qaram bo‘lgan. 1949-yilgi Xitoy inqilobidan so‘ng Chan Kayshi boshliq hukumat orolga qochadi va Chan Kayshi umrining oxirigacha (1975) Tayvan respublikasi prezidenti bo‘ladi. 1955- yilda Tayvan AQSH bilan o‘zaro xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.

Iqtisodiyoti

2-jahon urushidan soʻng Tayvan iqtisodiy oʻsish va eksport boʻyicha dunyoda eng yuqori surʼatlarga ega boʻlib, iqtisodiy jihatdan kuchli maʼmuriy tuzilmaga aylangan. Hozirda Tayvan Sharqiy Osiyoning "Toʻrt kichik iqtisodiy ajdar"i - Koreya Respublikasi, Singapur va Syangan guruhidagi, yangi industrial mamlakat hisoblanadi. 1991-yildan Osiyo Tinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga aʼzo. Tayvanning yalpi ichki mahsuloti 270 mlrd. dollardan ziyod boʻlib, jahonda 20-oʻrinni egallaydi. Iqtisodiy oʻsish surʼati - 65,1%. Kompyuter, elektron uy-roʻzgʻor apparaturasi, kiyimkechak, poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish. boʻyicha jahon xoʻjaligida yetakchi oʻrinni egallaydi. Tayvan elektronika tarkibiy kismlari, mebel, toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo, aniq mashinasozlik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, sement, oʻrmon yogʻochsozlik, poʻlat eritish. Yirik sanoat shaharlari: Taybey, Szilun, Taychjun, Gaosyun. Kamfara ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda 1oʻrinda. Hududining 24% ekin maydoni. Asosiy ekini - sholi, shuningdek, shakarqamish, batat, ananas ham yetishtiriladi, choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, Yaponiya, Syangan.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita