Tuvalu

Tuvalu

Bayroq
Poytaxt

Funafuti

Aholi

10 800

Maydoni

26 km²

Valyuta

Avstraliya dollari (AUD)

Tarixi

Nikunua oroli ingliz J.Bayron tomonidan 1764-yilda kashf etiladi. Hozirgi Tuvalu hududini tashkil etuvchi qolgan orollar 1788-yilda Gilbert tomonidan kashf etiladi. 1892-yilda Gilbert va Ellis orollari Britaniyaning protektorati deb e’lon qilinadi. 1915-yilda bu orollar Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylanadi. 1974-yilda o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Ellis orollari Tuvalu deb nomlangan mustaqil davlatga aylanadi. Gilbert orollari 1979-yilda mustaqillikka erishib Kiribati Respublikasini tashkil etadi.

Iqtisodiyoti

Iqtisodi asosan baliqchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari - kokos yong‘og‘i va kopra (kokos yong‘og‘ining mag‘zi). Turizmning rivojlanishiga orollarning juda uzoqda joylashganligi to‘sqinlik qiladi. Hukumat marka va tangalar sotishdan ham katta daromad oladi. Asosiy savdo sheriklari: Fiji, Avstraliya, Yangi Zelandiya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 8 km. Portlari: Funafuti, Nukufetau.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita