Tongo

Tongo Qirolligi

Tongo bayrog'i
📍
Poytaxt
Nukualofa
👥
Aholi
100 179
🗺️
Maydoni
748 km²
💰
Valyuta
Paanga (TOP)

📖 Tarixi

Aholisi polineziyaliklardan iborat bo‘lgan hozirgi Tonga hududiga kiruvchi orollar 1616-yilda gollandlar tomonidan kashf etiladi. Uzoq davom etgan to‘qnashuvlardan so‘ng Tonga 1845-yilda mustaqil qirollikka aylanadi. Lekin 1900-yilda Tonga Buyuk Britaniya protektorati deb e’lon qilinadi. 1970-yilda Tonga mustaqillikka erishdi. Tonga Britaniya hamdo‘stligi tarkibiga kiradi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosiy tarmog‘i qishloq xo‘jaligidir (YIM - 50%). Kokos yong‘og‘i, banan, vanil donalari umumiy eksport hajmining 2/3 qismini tashkil etadi. Baliqchilik rivojlangan, oziq-ovqat mahsulotlari chet eldan, asosan Yangi Zelandiyadan import qilinadi. Sanoat sohasi YIMning 11% ini tashkil etadi. Chet el valutasini keltiradigan asosiy manba turizmdir. Asosiy savdo sheriklari: Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSh, Yaponiya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 198 km. Asosiy porti - Nukualofa.