Turkmaniston

Turkmaniston Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Ashxabad

Aholi

5 888 000

Maydoni

491 210 km²

Valyuta

Manat (TMM)

Tarixi

М. a. I ming yillikda hozirgi Turkmaniston hududida Marg‘iyona, Parfiya, Midiya davlatlari mavjud edi. М. a. VI asrlarda bu hududlar forslar davlati, m. a. IV asrda makedoniyalik Iskandar davlati tarkibiga kiradi. VIII asrda bu hududga arablar bostirib kiradi va mahalliy aholi orasida islom dinini targ‘ib etadi. IX-X asrlarda bu hududlar Tohiriylar va Somoniylar davlatlari, XI-XIII asrlarda Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. XIII asrda mo‘g‘ullar bostirib kiradi va hozirgi Turkmaniston yerlarini o‘z imperiyasiga qo‘shib olishadi. XIV asrning ikkinchisi yarmidan XV asrning oxirlarigacha Turkmaniston hududlari Temur va temuriylar davlatiga kiradi. XVII-XIX asrlarda hozirgi Turkmaniston hududlari Eron shohlari, Xiva va Buxoro xonlari o‘rtasida talash bo‘lgan. XIX asrning 80-yillarida bu hududlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinadi. 1917-yilgi davlat to‘ntarilishidan so‘ng Sovet hokimiyati o‘rnatiladi. 1991-yilda Turkmaniston mustaqillikni qo‘lga kiritadi.

Iqtisodiyoti

Sanoatining asosini neft va gaz qazib chiqarish va neftni qayta ishlash tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida paxta, mevalar, sabzavotlar yetishtiriladi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari - paxta tolasi, dizel yoqilg‘isi, mazut, qo‘lda to‘qilgan gilamlar. Asosiy savdo sheriklari - Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2120 km, avtomobil yo‘llari - 13000 km. Asosiy porti - Turkmanboshi.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita