Tarixi
1999-yilda referendum o‘tkazilib, aholining 78% i Indoneziyadan ajralib chiqish va mustaqillik uchun ovoz berdi. 2002-yil may oyida BMT dunyo xaritasida yangi Sharqiy Timor davlatining paydo bo‘lganligi haqida e’lon qildi.
Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotining asosi - qishloq xoʻjaligi eksport uchun kofe, kauchukli daraxt, kokos palmasi oʻstiriladi. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, shakarqamish, taro, yams, supurgi ekiladi. Echki, yilqi, buyvol boqiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. 1980-yillarning boshigacha sandal daraxti yogʻochini chetga olib chiqib ketish katta daromad keltirgan, keyinchalik uni kesish cheklandi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyolarini qayta ishlovchi korxonalar bor.