Tojikiston

Tojikiston Respublikasi

Tojikiston bayrog'i
📍
Poytaxt
Dushanbe
👥
Aholi
10 499 000
🗺️
Maydoni
143 100 km²
💰
Valyuta
Somoni (TJS)

📖 Tarixi

Hozirgi Tojikiston hududi m. a. VI asrda Ahamoniylar davlati tarkibiga, m. a. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar imperiyasi tarkibiga kirgan. M. a. III asrdan Grek-Baqtriya, keyinroq Kushon davlatiga qaram bo‘lgan. VIII asrda hozirgi Tojikiston hududiga arablar bostirib kiradi. IX-X asrlarda bu hududlar Samoniylar davlati, XII asrda Xorazmshohlar davlati, XIII asrda Mo‘g‘ullar davlati, XIV asrning ikkinchi yarmida Temur va temuriylar davlatiga qaram bo‘lgan. XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha Buxoro xonligi (amirligi) tarkibiga kirgan. 1868-yili Rossiya imperiyasi hozirgi Tojikiston hududlarini bosib oladi. 1917-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng Tojikiston hududida sovet hokimiyati o‘matiladi. 1924-yildan Tojikiston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kiradi. 1929-yildan Tojikiston SSR maqomini oladi. 1991-yili mustaqillikka erishgandan so‘ng, Tojikiston demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda.

📈 Iqtisodiyoti

Tojikiston - agrar-industrial davlat. Fuqarolar urushi natijasida Tojikiston iqtisodi chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda. Hukumat bozor munosabatlariga o‘tishni qoilayapti. Lekin mamlakat iqtisodida davlat ulushi hanuzgacha asosiydir. Kimyo, yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i paxtachilikdir (paxta tolasi asosiy eksport mahsulotidir). Paxtachilikdan tashqari ipakchilik, bog‘dorchilik, sabzavotlar va uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo sheriklari: Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 480 km, avtomobil yo‘llari - 29900 km.