Chad

Chad Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Njamena

Aholi

13 606 000

Maydoni

1 284 000 km²

Valyuta

KFA franki (BEAC) (XAF)

Tarixi

IX asrning boshlarida hozirgi Chad hududida Kanem qirolligi tashkil topadi. XI asrda ushbu qirollik hukmdorlari islomni qabul qilishadi va o‘z hududla- rini kengaytirishadi. Chad ko‘lidan g‘arbda XIV asrda vujudga kelgan Borno qirolligi XVI asrda Kanemni o‘ziga bo‘ysundiradi. XIX asrning oxirida hozirgi Chad hududi Sudan imperatoriga qaram bo‘ladi, keyinroq esa Fransiya bu hududlarni bosib oladi va 1910-yilda Chadni Fransuz Ekvatorial Afrikasi tarkibidagi mustamlaka deb e’lon qiladi. 1958-yilda fransuz hamdo‘stligi doirasidagi muxtoriyatni qo‘lga kiritgan. Chad 1960-yilning avgustida mustaqillikka erishadi. 1968-yilgi Milliy ozodlik fronti va hukumat o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng mamlakatga fransuz qo‘shinlari kiritiladi. Fransuz qo‘shinlari Chadni 1975-yilda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga general Mallum kelganidan so‘ng tark etishadi. 1973-yildan 1989-yilgacha Chad Liviya bilan o‘zining shimoliy hududlari uchun urush olib boradi. 1979-yilda Milliy ozodlik fronti va hukumat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi, lekin bu shartnoma tez orada buziladi va mamlakatda davlat to‘ntarishlari bo‘lib turgan (1982- va 1990-yy.), natijada fuqarolar urushi boshlanadi va hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Iqtisodiyoti

Chad Afrikaning fuqarolar urushi, Liviya bilan nizolar, tez-tez bo‘ladigan qurg‘oqchiliklar tufayli nochor ahvoldagi iqtisodga ega bo‘lgan kambag‘al davlatlardan biridir. Iqtisodining asosiy tarmog‘i - 80% mehnatga layoqatli aholi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi (YIMning 45% i)dir. Paxta umumiy eksport hajmining 48% ini tashkil etadi. Sorgo, yeryong‘oq, sholi, tariq, kartoshka, maniok ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Sanoat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va to‘qimachilik bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari - Fransiya, Nigeriya, Kamerun, AQSh. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 31322 km (asosan tuproq yo‘llar), ichki suv yo‘llari uzunligi - 2000 km.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita