Tyorks va Kaykos
Tyorks va Kaykos
📍
Poytaxt
Kokbern-Taun
👥
Aholi
50 828
🗺️
Maydoni
616 km²
💰
Valyuta
AQSh dollari (USD)
📖 Tarixi
Orollar 1512-yilda ispanlar tomonidan kashf etilgan va bu yerda odam yashamagan. XVII asrda bu yerga Bermud orollaridan mustamlakachilar kelib joylasha boshlagan. 1766-yilda orollar Buyuk Britaniya tasarrufiga o‘tgan, lekin 1873-yildan 1962-yilgacha Yamayka tarkibida bo‘lgan. 1959-yilda ichki o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.
📈 Iqtisodiyoti
Qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, baliq konserva mahsulotlar tayyortaydigan korxonalar bor. Makkajo‘xori, meva-sabzavotlar, agava yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Yamayka. 2006-yil YIM miqdori 216 mln dollarni (aholi jon boshiga - 1038 doll.) tashkil etgan. Asosiy portlari: Kokbern-Taun, Providensyales, Sol-Key, Kokbern-Xarbor.