Tarixi
Bugungi Suriya hududlari tarixning turli davrlarida turli xil davlatlar tarkibiga kirgan. М. a. XVI asrda qadimgi Misr, m. a. XIV asrda Xett podsholigi, m. a. XII asrga kelib bu hududlar yahudiylar tomonidan ishg‘ol qilingan. М.a. VII-VI asrlarda bu hududlar ossuriyaliklar tomonidan egallangan. M. a. 539-yilda forslar, m.a. 333-yilda Aleksandr Makedonskiy imperiyasi tarkibiga kirdi. М.a. III asrda salavkiylar sulolasi Suriya podsholigiga asos soldi. M. a. 64-yildan bu podsholik Rim imperiyasi tarkibiga kiritildi. 636-yilda bu hududlar arablar tomonidan bosib olindi. Keyin Suriya salibchilar tomonidan tashkil etilgan Quddus podsholigi tarkibiga kirdi. 1516-yildan 1920-yilgacha Suriya Usmoniylar imperiyasining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 1920-yili Fransiya Suriyani boshqarish huquqini oldi. 1914-yil sentabrda Suriya o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsa-da, amalda 1946-yilning 17-aprelidan to‘la mustaqillikka erishdi. 1958-yilda Suriya va Misr yagona Birlashgan Arab Respublikasini tashkil etishadi. 1962-yili Suriya bu ittifoqdan chiqib mustaqil Suriya Arab Respublikasini tuzadi.
Iqtisodiyoti
1991-yil bo‘lib o‘tgan Iroq-Quvayt urushidan so‘ng Suriya arab va g‘arbiy Yevropa davlatlaridan sezilarli darajada moliyaviy yordam oldi. Bu narsa mamlakatning tashqi qarzlarini to‘lashga va neftni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga yordam berdi. Neft va fosforit qazib olish Suriya sanoatining asosini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi umummilliy mahsulotning 30% ini yetishtiradi. Asosiy ekinlar: paxta, bug‘doy, arpa. Suriya o‘z-o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlay olmaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Yevropa Ittifoqi davlatlari. Temiryo‘llari uzunligi - 1998 km. Avtomobil yo‘llari - 31569 km. Asosiy portlari - Tartus va Baniyaz.