Tarixi
Avval mayyalar, keyin atsteklar imperiyalarining kattagina qismi bo‘lgan hozirgi Salvador hududi ispanlar tomonidan 1523-yili kashf qilingan. Alvarado boshchiligidagi konkistadorlar mahalliy hindularning qariyb hammasini qirib tashladilar, 1528-yili esa San-Salvador va Sonsonate shaharlariga asos soldilar. Salvador to 1821-yilgacha Gvatemala mustamlakasining bir qismi bo‘lib, o‘sha yili Ispaniyadan mustaqillikka erishdi. 1823-yili Salvador Markaziy Amerika Birlashgan Hududlari tarkibiga kirdi, toia mustaqillikni esa 1841-yili qo‘lga kiritdi. Mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat bir nechta harbiy diktaturalarni boshidan o‘tkazdi. Ulaming orasida Martines tuzumi (1933-1944) alohida o‘rin tutadi. 1969-yili Salvador bilan Gonduras o‘rtasida harbiy mojaro bo‘lib o‘tdi. 1979-yili mamlakatda hokimiyatni harbiy xunta egallab oldi. Xunta Farabundo Marti nomidagi Milliy ozodlik fronti isyonchilariga qarshi urush olib borishiga to‘g‘ri keldi. O‘n yildan ko‘proq davom etgan fuqarolar urushi 75000 kishining o‘limi, lagerlarga minglab qamalganlar, shuningdek, jiddiy iqtisodiy inqirozga sabab bo‘ldi. 1992-yili qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi mamlakatda demokratiyalashtirish yo‘lida ma’lum bir qadamlar qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi bo‘lib, u ichki milliy ishlab chiqarish (YIM)ning 25% i va eksportning 66% ga yaqinini ta’minlaydi (asosiy eksport mahsuloti - qahva, u umumiy eksport hajmining 45% ini tashkil qiladi). Boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari - shakarqamish, sholi, boshoqli, donli va yog‘ olinadigan ekinlar. Oziq-ovqat sanoatidan (YIM - 18%) tashqari to‘qimachilik, neft va kimyo sanoati ham rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Germaniya, Vengriya, Meksika. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 302 km, avtoyo‘llar - 10000 km (shundan 1500 km asfaltlangan). Mamlakatning asosiy portlari: Akaxutla, Kutuko, La-Unon.