Tarixi
San-Tome va Prinsipi orollari 1471-yili portugaliyaliklar tomonidan kashf qilingan. Ular bu koloniyalarni jinoyatchilar surgun qilinadigan joyga aylantirganlar. 1951-yili Portugaliyaning dengizorti provinsiyasi (viloyat) maqomini olgan San-Tome va Prinsipi 1975-yili mustaqil davlat bo‘ldi.
Iqtisodiyoti
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi: kakao eksporti umumiy eksportning 85% ini tashkil qiladi. Boshqa eksport mahsulotlari: kokos yong‘og‘i, palma mevasi, kopra. Ayni paytda San-Tome oziq-ovqat mahsulotlarining 90% ini chetdan olib keladi. Baliqchilik rivojlangan. Turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Portugaliya, Gollandiya, Xitoy. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 300 km. Portlari - Santo-Antonio, San-Tome.