Surinam

Surinam Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Paramaribo

Aholi

566 900

Maydoni

163 821 km²

Valyuta

Surinam dollari (SRD)

Tarixi

Hindularning aravak, varau va karib qabilalari istiqomat qilib kelgan hozirgi Surinam hududlari ilgari inglizlarga tegishli boigan, 1667-yili esa Gollandiyaga berilgan. 1954-yili muxtor provinsiya maqomini olgan Surinam 1975-yili noyabrida mustaqil respublika bo‘ldi. 1980-yilgi harbiy to‘ntarishi oqibatida mamlakatda hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tdi. 1988-yili harbiylar hukumatni fuqarolik hukuniatiga berganidan so‘ng demokratiyaga qaytish boshlandi va mamlakatda erkin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiyoti

Surinam iqtisodiyoti 1982-yili Gollandiya moliyaviy yordam berishni to‘xtatganidan so‘ng og‘ir qiyinchiliklami boshdan kechirdi, shuningdek, siyosiy beqarorlik ham sanoat taraqqiyotiga va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari aluminiy ishlab chiqarish (umumiy eksport hajmining 70% i), boksitlar qazib olish, yog‘ochni qayta ishlash. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 11% i) asosiy yetishtiriladigan ekin sholi (qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 60% i) hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari - Norvegiya, Niderlandiya, AQSh, Germaniya, Braziliya. Temiryo‘llarming umumiy uzunligi - 166 km, avtomobil yo‘llari - 8300 km, ichki suv yo‘llari esa 1200 km. Asosiy porti - Paramaribo.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita