Somali

Somali Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Mogadisho

Aholi

11 123 000

Maydoni

637 657 km²

Valyuta

Somali shillingi (SOS)

Tarixi

II-VII asrlarda hozirgi Somali hududlari efioplaming Aksum davlati tarkibiga kirgan. VII asrdan Somaliga arablar kirib kelishdi. Ular bu yerda islom dinini va arab tilini yoyishdi, XIX asrgacha saqlanib turgan bir qator sultonliklarini tuzishdi. XIX asming oxirlarida mamlakatni yevropaliklar tomonidan mustamlakalashtirish boshlandi. Hozirgi Somali hududlari Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiya davlatlari o‘rtasida bo‘lib olindi. Britaniya Somalisi 1960-yil 26-iyunda mustaqillik oldi, 1960-yil 1-iyulda Italiya Somalisining mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng esa yagona Somali davlati tuzildi. 1969-yili harbiylar davlatto‘ntarishi o‘tkazib mamlakat prezidentini o‘ldirishdi. 1977-yili Somali Efiopiyaga qarshi urush boshladi, biroq unda mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatda boshlangan fuqarolar urushi 1991-yili general Barrening qulashiga va BMT homiyligidagi harbiy intervensiyaning boshlanishiga olib keldi. Biroq bu ham Somalidagi urushayotgan urug‘larni o‘zaro yarashtira olmadi. 2000-yili Jibuti shahrida mamlakatdagi boshboshdoqlikka chek qo‘yish maqsadida dala komandirlari uchrashuvi o‘tkazildi, lekin bu uchrashuv natija bermadi. 2006-yili Islom Sudlari Ittifoqi tashkiloti mamlakat poytaxti Mogadisho ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi.

Iqtisodiyoti

Dunyoning eng kambag‘al davlatlaridan biri bo‘lgan Somalida iqtisodiyotning muhim sektori qishloq xo‘jaligi (YIMning 40% i va taxminan eksportdan keladigan foydaning 65% ini tashkil qiladi) hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida asosan chorvachilik bilan shug‘ullaniladi. Asosiy eksport qiladigan mahsuloti bananlar, bundan tashqari shakarqamish, sorgo va makkajo‘xori ham yetishtiriladi. Sanoati uncha katta bo‘lmagan shakar, to‘qimachilik va neft korxonalari bilan cheklangan. XX asming 90-yillari boshida yuritilgan beqaror siyosiy holat ishlab chiqarish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, Italiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 15215 km. Mamlakat portlari: Barbara, Mogadisho.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita