Tarixi
Orol 1502-yil 21-mayda portugallar tomonidan Muqaddas Yelena kuni kashf etilgan.
Tristan-da-Kunya oroli 1506-yil portugaliyalik dengizchi Tristan-da-Kunya tomonidan kashf
etilgan. Orollarga egalik huquqini qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan qizg‘in kurashlarda Angliya
Gollandiya ustidan g‘alaba qozondi va 1659-yilda Muqaddas Yelena oroliga harbiy bazasini joylashtirdi. 1815-yil Muqaddas Yelena oroli Napoleon Bonapanning (1821-yil shu orolda vafot etgan) surgun joyiga aylandi. Suvaysh kanalining ochilishi orollarning strategik ahamiyatini pasaytirdi. 1942-yil Vozneseniye oroliga AQSHning harbiy-havo bazasi joylashtirildi. Bu yerda 1954-yilda AQSHning Florida yarimorolidan uchiriladigan fazoviy raketa texnikalari uchun kuzatuv stansiyasi joylashtirildi. 1966-yilda Vozneseniye orolida ingliz radiostansiyasi faoliyat ko‘rsata boshladi. Folklend mojarosi davrida 1982-yil Vozneseniye oroli Argentinaga qarshi urushda ingliz qurolli kuchlarining asosiy bazasi bo‘ldi.
Iqtisodiyoti
Kartoshka, sabzavotlar, olma, olxo‘ri, g‘alla mahsulotlari, zig‘ir yetishtiriladi. Baliqchilik va dengiz ovchiligi, chorvachilik rivojlangan. Eksporti: zig‘ir, importi: sanoat mahsulotlari, yoqilg‘i. 2006-yil YIM miqdori 18 mln dollarni (aholi jon boshiga - 2384 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, JAR. Asosiy porti - Jeymstaun.