Solomon orollari
Solomon orollari
📍
Poytaxt
Xoniara
👥
Aholi
750 325
🗺️
Maydoni
28 400 km²
💰
Valyuta
Solomon orollari dollari (SBD)
📖 Tarixi
Solomon orollari 1568-yili ispan dengizchisi Mendonya de Neyra tomonidan kashf qilingan. Orollarning shimoliy qismi 1885-yili Germaniya protektorati deb e’lon qilingan, janubiy qismi esa Buyuk Britaniya mulklariga qo‘shildi. 1899-yili Germaniya Buganvil va Buka orollaridan boshqa hamma orollarni Buyuk Britaniyaga berdi. Buning evaziga inglizlar Germaniyaning g‘arbiy Samoani bosib olish huquqini tan olishdi. 1914-yili Buganvil va Buka Avstraliya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va 1920-yili Avstraliya boshqaruvi ostiga o‘tdi. Ikkinchi jahon urushida orollarning bir qismi yapon qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilindi, ikkinchi jahon urushidan keyin esa Solomon orollari yana Britaniya protektoratiga aylandi. 1978-yili Solomon orollarining mustaqilligi e’lon qilindi va Britan hamdo‘stligi davlatlari safiga kirdi.
📈 Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va o‘rmonchilik (YIMning 70% i) tashkil etadi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari - baliq, yog‘och, kopra, palma yog‘i. Sanoat mahsulotlarining katta qismi va neft mahsulotlarini chetdan keltiradi. Asosiy savdo hamkorlari - Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Tailand. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 1300 Ion. Porti - Xoniara.