Ruanda
Ruanda Respublikasi
📍
Poytaxt
Kigali
👥
Aholi
14 104 969
🗺️
Maydoni
26 338 km²
💰
Valyuta
Ruanda franki (KWF)
📖 Tarixi
XVI asrga kelib hozirgi Ruanda hududida boshqaruv shakliga ko‘ra absolut monarxiya bo‘lgan davlat tashkil topdi. Yevropaliklar Ruandani 1858-yilda kashf qilishgan. 1898-yilda esa mamlakat hududi Urundi qirolligi bilan birgalikda Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga kirdi. 1923-yilda Belgiya Millatlar Ligasidan Ruanda-Urundi hududlarini boshqarishga mandat oldi. 1946-yilda Belgiya homiyligidagi va boshqaruvi ostidagi hududga aylangan Ruanda-Urundi 1960-yilda Kongo mustaqilligi e’lon qilingandan so‘ng Zoir tarkibiga qo‘shilgan va shu yilning o‘zida undan ajralib chiqqan. 1961-yilda o‘tkazilgan referendum oqibatida Ruanda-Urundi shu yilning o‘zida respublika deb e’lon qilingan va Burundi hamda Ruandaga ajralib ketdi. 1962-yilda esa to‘la mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1973-yil davlat to‘ntarilishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelib, parlamentni ham, siyosiy partiyalarni ham tarqatib yuborishdi. 1990-yilda ko‘pchiligi 1959-yilda Ugandadan immigratsiya qilgan tutsi va xutu etnik guruhlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. 1992-yilda mojaroni bostirishga erishildi va mamlakatda demokratiyalashtirish jarayoni boshlandi. Biroq 1994-yilda etnik to‘qnashuvlar yangi kuch bilan avj oldi. Ugandadagi fuqarolar urushi o‘zi bilan minglab qurbonlar va qo‘shni mamlakatlarga, asosan Burundi va Zoirga millionlab emmigrantlarning qochib chiqishiga olib keldi.
📈 Iqtisodiyoti
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asosini (Y1M - 50%) tashkil qilib, qahva va choy umumiy eksport hajmining 90% ini tashkil qiladi. Sanoat ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash (YIM - 17%) va tog‘-kon sanoati, volfram va qalay rudasini qazib olish bilan cheklangan. 1994-yilda boshlangan fuqarolar urushi ham iqtisodning umumiy ahvoliga salbiy ta’sir qildi. Asosiy savdo hamkorlari - Germaniya, Belgiya, AQSh, Italiya.