Tarixi
Hozirgi Serbiya hududlarida m. a. II ming yillikning 2-yarmida illiriy, frakiy, keyinchalik kelt qabilalari yashay boshlagan. VI-VII asrlarda Serbiya hududlarida slavyanlar paydo bo‘lgan. IX asrning 2-yarmida serblar xristianlikni qabul qilgan. X asr o‘rtalarida yirik davlat - serb knyazligi paydo boigan. 1217-yili qirollikka aylangan. 1389-yili Kosovo maydonidagi jangda serblar turk qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng Serbiya turklarga qaram bo‘ldi, 1459-yili esa Turkiya tarkibiga qo‘shib yuboriladi. XVIII asr oxiridagi Rossiya, Turkiya urushlari serb xalqining milliy ozodlik harakatiga turtki bo‘ldi. Turkiya sultonining 1830-1833-yillardagi farmonlariga ko‘ra Serbiya Turkiya panohi ostidagi o‘zini o‘zi idora qiladigan avtonom knyazlik deb e’lon qilindi. 1838-yili Turkiya sultoni Serbiyada konstitutsiya joriy qildi. 1918-yil 1-dekabrda Serb, Xorvat va Slovenlarning birlashgan qirolligi tuzildi. 1941-yil aprelda Serbiya nemis-fashist qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Nemislar Belgradda general M.Nedich boshchiligida qo‘g‘irchoq «Serb hukumati»ni tuzishdi. 1945-yil 29-noyabrda Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi e’lon qilingach Serbiya Yugoslaviya tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. XX asrning 90-yillari boshlarida YSFR parchalanishi oqibatida Serbiya Chernogoriya bilan birgalikda yagona konfederatsiyaga birlashdi. 2006-yil mayda o‘tkazilgan xalq referendumi natijalariga ko‘ra mustaqil davlatga aylandi. AQSh va bir qator Farb mamlakatlari qo‘llab-quvvatlashi tufayli Serbiyaning Kosovo avtonom hududi 2008-yil 17-mart kuni o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Uni 20 dan oshiq davlat tan oldi.
Iqtisodiyoti
Sanoatining rivojlangan sohalari: oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo, metallga ishlov berish, avtomobil, qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish, maishiy asbob-uskunalar, mineral o‘g‘itlar, dori-darmon, keng iste’mol mollarini va yog‘ochni qayta ishlash sanoati yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo‘jaligida asosan makkajo‘xori, bug‘doy, qandlavlagi, kartoshka, olxo‘ri va uzum yetishtiriladi. Chorvachilik ham taraqqiy etgan. 2012-yil YMM 75,5 mlrd AQSh mlrd dollarni (aholi jon boshiga 10,2 ming doll.) tashkil etgan.