Ruminiya

Ruminiya

Bayroq
Poytaxt

Buxarest

Aholi

19 942 642

Maydoni

238 391 km²

Valyuta

Yangi Ruminiya leyi (RON)

Tarixi

II asrda hozirgi Ruminiya hududini rimliklar bosib oladilar va o‘zlarining Dakiya viloyatini tashkil qilishadi. Ill asrdan boshlab mamlakat hududiga got, xunn, skif, avar qabilalari hujum qilib turdilar, VI-VII asrlarda esa bu yerlarga slavyan qabilalari kirib kelib o‘troq hayot kechira boshladi. XIII asrda vengrlar Transilvaniyani bosib olishadi va rumin aholisini Dunay vodiysiga siqib chiqaradi. XIV asrda yuqori iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasiga ega bo‘lgan Moldaviya va Valaxiya rumin knyazliklari tarkib topdi.
Stefan Buyuk va Minoy Jasurlarning qahramonona qarshiligiga qaramasdan, Moldaviya va Valaxiya turklar tomonidan bosib olindi. XVI-XX asrlarda turk hukmronligi ostida qolib ketdi. XIX asr boshlarida Moldaviya va Valaxiya Rossiya yordami bilan avtonomiyani qo‘lga kiritdi, 1859-yilda esa Aleksandr Kuza boshqargan yagona Ruminiya davlatiga birlashtirildi. 1878-yilda Rossiya-Turkiya urushi davrida to‘la mustaqillikni qo‘lga kiritdi va 1881-yilda Avstro-Vengriya va hamda Germaniya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzolagan Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi. Biroq XX asr boshlariga kelib bu ittifoq zaiflashdi va Birinchi jahon urushi davrida Ruminiya qiroli Ferdinand Rossiya va uning ittifoqchilari tarafida turib jangovar harakatlarda ishtirok etdi. Urush tugagach, Ruminiya o‘z tarkibiga Transilvaniyani, Bukovina, Banata va Bessarabiyani qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. 1929-yilda parlament boshqaruvi Jema-Kodreanu boshchiligidagi «Temir gvardiya» profashistik tuzumi bilan almashindi, 1938-yilda mamlakatda Antonesku diktaturasi o‘rnatildi. 1939-yilda nemis qo‘shinlari Shimoliy Transilvaniyani bosib olgani bilan bir vaqtda SSSR Bessarabiyani qo‘shib oldi (anneksiya). Fashistik Germaniya tarafida urush domiga tortilgan Ruminiya, Stalingrad jangidan so‘ng qirol Mixay davlatining tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirib ittifoqchilar tarafida jang qila boshladi. Shu vaqtning o‘zida Antonesku diktaturasi ag‘darildi va mamlakatda Milliy birdamlik hukumati tuzildi. Mamlakat ozod qilinganidan so‘ng SSSR ta’siri doirasiga tushib qoldi va 1947-yilda qirol Mixay taxtdan voz kechgach, Ruminiya respublika deb e’lon qilindi. Hokimiyat tepasiga 1965-yilda kelgan Chaushesku Sovet Ittifoqi va sotsialistik mamlakatlar siyosatidan farq qiladigan tashqi siyosat yurita boshladi va shu vaqtning o‘zida mamlakatda diktatorlik kommunistik tuzumini o‘rnatdi. Bu tuzum 1989-yilda armiya qo‘llab-quvvatlagan xalq qo‘zg‘oloni oqibatida ag‘darildi. 1989-yil 25-dekabrda «Milliy Qutqaruv Kengashi» Chaushesku va uning xotini Yelenani otib o‘ldirish haqida buyruq berdi. 1990-yilning may oyida erkin saylovlar o‘tkazilib, unda prezidentlik lavozimiga lliyesku saylandi.
Ruminiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1995-yilda o‘rnatilgan.

Iqtisodiyoti

Ruminiya iqtisodi bozor iqtisodiga o‘tish bosqichida. Ruminiyaning so‘nggi yillardagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari mamlakatda iqtisodiy o‘sish jarayoni davom etayotganligini tasdiqlamoqda. Sanoatning yaxshi rivojlangan tarmoqlari: tog‘-kon sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, kimyo sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, neft qazib olish va neftni qayta ishlash, oziq-ovqat. Ruminiya bug‘doy va makkajo‘xori yetishtiruvchi yirik davlat hisoblanadi. 2012-yil YIM miqdori 236,6 mlrd AQSh mln dollarni (aholi jon boshiga – 11 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 11380 km (3758 km elektrlashtirilgan), avtoyo‘llar - 72816 km. Asosiy portlar: Konstansa, Sulina (dengiz porti), Breila, Galau (Dunay daryosida).

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita