Paragvay

Paragvay Respublikasi

Paragvay bayrog'i
📍
Poytaxt
Asunson
👥
Aholi
6 109 644
🗺️
Maydoni
406 752 km²
💰
Valyuta
Guarani (PYG)

📖 Tarixi

Guarani hindu qabilalari yashovchi Paragvay hududi 1515-yilda Dias de Soli tomonidan kashf qilingan edi. 1525-yili Diyego Garsia tomonidan mamlakat o‘rganilgandan so‘ng Paragvay, Peru vitse qirolligi tarkibiga kirgan ispan mustamlakasiga aylandi. 1610-yilda Ispaniyadan kelgan iyezuitlar 1767-yilga qadar mavjud bo‘lgan o‘ziga xos davlat ichidagi davlatni tashkil qilishdi. 1811-yilda Paragvay ispan mustamlakachilariga qarshi kurashda g‘alaba qozonib, mustaqil­likka erishdi. Mamlakat prezidenti Salono Lopes 1865-yilda Paragvayni Argentina, Braziliya va Urugvayga qarshi qonli urushga tortdi. Buning oqibatida Urugvay o‘z hududlarining katta qismidan mahrum bo‘ldi. 1928-yilda Chano provinsiyasida neft konlarining ochilishi Boliviya davlati bilan 1950-yilgacha davom etgan harbiy to‘qnashuvga sabab bo‘ldi. 1954-yilda Paragvayda general Stressnerning harbiy diktaturasi o‘matildi. 1989-yildagi davlat to‘ntarishi oqibatida general Stressner general Bodrij tomonidan ag‘darilib, hokimiyat fuqarolik hukumati qo‘liga topshirildi.

📈 Iqtisodiyoti

Ishga yaroqli aholining yarmi band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik mamlakat eksportining katta qismini ta’minlaydi. Asosiy eksport mahsulotlari - paxta, qahva, shakarqamish, chorvachilik ham rivojlangan. Sanoat asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini va yog‘ochni qayta ishlashga asoslangan. Paragvay yirik gidroenergetik salohiyatga ega. XX asming 90-yillari boshlarida Paragvayning Argentina, Braziliya va Urugvaylarni o‘z ichiga olgan Umumiy bozorning janubiy bo‘limiga qo‘shilishi regiondagi iqtisodiy faollikning oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Asosiy savdo hamkorlari: Braziliya, YI, AQSh, Argentina. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1300 km, avtomobil yo‘llari 11300 km, ichki suv yo‘llari - 3100 km. Asosiy port - Asunson.