Palau
Palau Respublikasi
📍
Poytaxt
Melekeok
👥
Aholi
16 733
🗺️
Maydoni
46 555 km²
💰
Valyuta
AQSh dollari (USD)
📖 Tarixi
Karolin orollari XVII asrda ispanlar tomonidan ochilgan. 1899-yilda ispanlar mustamlakasi Germaniyaga sotib yuborilgan. 1919-yildan to 1945- yilning oxirlarigacha orollar Yaponiya boshqaruvi ostida bo‘lgan. 1947-yilda zamonaviy Palau boshqa Karolin orollari bilan bir qatorda BMT homiyligidagi Tinch okean orollari tarkibiga qo‘shilib, umumiy boshqaruv esa AQSh tomonidan amalga oshirilgan. Mustaqil Palau davlati 1994-yilda tashkil topdi.
📈 Iqtisodiyoti
Iqtisodi asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda baliqchilikka asoslangan. Turizmning rivojlanmaganligining asosiy sababi, mamlakatning yiroqda joylashganligi va uning taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan infrastrukturaning yo‘qligidadir. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya. Avtomobil yo‘llari uzunligi - 223 km. Port shahri - Koror.