Puerto-Riko

Puerto-Riko Hamdo‘stligi

Bayroq
Poytaxt

San-Xuan

Aholi

3 548 397

Maydoni

9 104 km²

Valyuta

AQSh dollari (USD)

Tarixi

Puerto-Riko hududida XVI-asrgacha turli indeys qabilalari yashagan. XV-asr oxiri va XVI-asr boshlarida orolni ispan mustamlakachilari bosib olgan. XVI-asr oʻrtalarigacha mahalliy xalq batamom qirib tashlanib, Afrikadan negr qullar keltirilgan. Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari Puerto-Rikoni egallash uchun koʻp urush olib borganlar. XVII-XIX asrlarda mustamlaka zulmiga qarshi bir necha marta xalq qoʻzgʻolonlari boʻldi. 1868-yilgi qoʻzgʻolondan soʻng Lores shahrida respublika eʼlon qilindi, qoʻzgʻolon shafqatsiz bostirildi. 1873-yil qulchilik bekor qilindi. 1898-yil Parij sulh shartnomasiga binoan, Puerto-Rikodagi hokimiyat Ispaniyadan AQShga oʻtdi va u aslida AQSh mustamlakasiga aylandi. 1952-yil qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra, Puerto-Riko AQShga "erkin qoʻshilgan" davlat maqomini oldi. 1998-yil 13-dekabrda mamlakatning kelgusi maqomi masalasi yuzasidan plebissit oʻtkazildi. Aholining 50,2% hozirgi maqom saqlanib qolishini yoklab chiqdi, 46,5% Puerto-Rikoning AQSh tarkibiga 51-shtat boʻlib kirish gʻoyasini qoʻllab quvvatladi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Xalq demokratiya partiyasi, 1938-yil asos solingan; Yangi taraqqiyparvar partiya, 1967-yil tuzilgan; Puerto-Riko Kommunistik partiyasi, 1934-yil tashkil etilgan; Puerto-Riko mustaqillik partiyasi, 1934-yil tuzila boshlagan va 1946-yil uzil-kesil shakllangan; Puerto-Riko sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan. Puerto-Riko mehnatkashlari umumiy konfederasiyasi, 1939-yil tuzilgan; Puerto-Riko mexnatkashlari umumiy ittifoqi, 1948-yil asos solingan; Puerto-Riko mehnatkashlari federatsiyasi, 1952-yil tuzilgan.

Iqtisodiyoti

Iqtisodi konchilik sanoatiga va qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 39%, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4% ni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining 35% i qishloq xoʻjaligida band. Eksport uchun shakarqamish, kofe, banan, tamaki, sitrus mevalar, paxta va boshqa ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, dukkakli ekinlar va sholi yetishtiriladi. kramol, choʻchqa, ot va parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Marganets va temir ruda, marmar, toshtuz qazib olinadi. Oziqovqat sanoati (ayniqsa, qand-shakar, vinochilik, meva konservalash, baliqni qayta ishlash va boshqa sohalar) rivojlangan. Elektrotexnika, elektron, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, farmatsevtika, yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, kashtachilik) korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 15,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 9,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: San-Xuan, Mayagues, Ponse. Chetga kimyo va radioelektron sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat chiqaradi. Chetdan xom ashyo, mashina va uskunalar, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashki savdo aylanmasining 90% AQShga toʻgʻri keladi. Yiliga 1,5 mln. sayyoh kelib ketadi.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita