Tarixi
1520-yili portugallar tomonidan kashf qilingan. 1604-yili fransuzlar tomonidan egallab olingan. 1816-yilgacha Buyuk Britaniya tarkibiga ham o‘tib turgan. 1946-yili Fransiyaning dengizorti hududi, 1976-yili dengizorti departamenti, 1985-yili Fransiya hududiy birligi maqomini oldi.
Iqtisodiyoti
Aholining asosiy mashg‘uloti - baliq ovlash. Mahalliy sanoat asosini baliqni qayta ishlash tashkil etadi. Mashinasozlik, kemasozlik korxonalari mavjud. Iqlimi va yerning unumsizligi sababli qishloq xo‘jaligi rivojlanmagan. Mikelon orolida qoramol, cho‘chqa, qo‘y boqiladi. Asosiy savdo hamkorlari: Kanada, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya. Asosiy porti: Sen-Pyer. Xalqaro aeroport mavjud.