Polsha

Polsha Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Varshava

Aholi

38 496 000

Maydoni

312 683 km²

Valyuta

Zlotiy (PLN)

Tarixi

V asrda zamonaviy Polsha hududiga g‘arbiy slavyan qabilalari (polyaklar, vislanlar, mozovshan, pomeranlar) kirib kelib, o‘troq hayot tarziga o‘tishdi. IX asrda Pyastlar dinastiyasi atrofida Polsha knyazlarining birlashuvi boshlandi. X asrda xristian dinini qabul qilgan va tarqatgan qirol Meshko I tomonidan polyak yerlari hududi kengaytirildi. Uning o‘g‘li Boleslav I Bogemiya, Moraviyani hamda Sloveniya va Kiyev knyazligi yerlarining bir qismini bosib olgan, biroq uning hukmdorlik davridan so‘ng Polsha qirolligi inqirozga yuz tutib, bu tushkunlik XIV asr boshlarigacha, Kazimir III Buyuk Polsha qirolligi qudratini tiklagunga qadar davom etdi. 1384-yildagi Polsha qirolichasi Yadviga va Litva buyuk knyazi Vladislav II Yagaylo o‘rtasida tuzilgan nikoh Polsha qirollarining yangi Yagaylolar sulolasiga asos soldi. 1410-yilda Gryunvald yonidagi jangda Tevton ritsarlarini tor-mor qilgan Polsha va Litva Buyuk knyazligi birlashgan qo‘shinlariga boshchilik qildi. 1569-yilda Polsha va Litva Buyuk knyazligini yagona davlat - Rech Pospolitaga birlashtirgan Litva uniyasini imzoladi. Iqtisodiy va ma’naviy o‘sish davri­dan so‘ng Polsha XVI-XVII asrlarda bir necha urushlarni (Rossiya, Shvetsiya, Turkiya bilan) boshdan kechirish bilan bir qatorda ichki ixtiloflami ham bartaraf qilishga to‘g‘ri keldi va oqibatda davlat zaiflashib 1772- yilda Rossiya, Prussiya va Avstriya o‘rtasida bo‘lib olindi. Ikkinchi (1793-yil) va uchinchi (1795-yil) bo‘linishdan so‘ng Polsha davlat sifatida barham topdi. 1807-1814-yil Napoleon Bonapart mamlakat hududining bir qismida Polshaning to‘rtinchi bo‘linishidan so‘ng (1815) Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shilgan Varshava Buyuk Knyazligini tashkil etgan, nisbiy muxtoriyatdan foydalangan Krakov respublikasi esa Avstro-Vengriya imperiyasining bir qismiga aylandi. XIX asrda polyaklar bir necha marotaba qo‘zg‘olonga ko‘tarildilar (1830-1831, 1846, 1848, 1863, 1864), ammo ulaming barchasi chor tuzumi tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Birinchi jahon urushi davrida Pilsudskiy tomonidan tashkil etilgan Polsha hududi Avstro-Vengriya tarafida Rossiya qo‘shinlariga qarshi janglarda ishtirok etgan. 1916-yilda Germaniya va Avstriya bosib olingan zonalaming birlashgandan hamda Polshaning bo‘linishida ishtirok etgan barcha davlatlarning mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng 1918-yilda Polsha mustaqilligi e’lon qilindi. 1919-yilning yanvarida esa Pilsudskiy bosh- chiligida mustaqil hukumat tashkil etildi. 1939-yil 1-sentabrda Polshaning g‘arbiy qismi nemis qo‘shinlari tomonidan bosib olinsa-da, sharqiy qismi Sovet ittifoqi tomonidan 1939-yil 17-sentabrda qo‘shib olingan. 1945-yil mamlakat ozod qilingandan so‘ng hokimiyat tepasiga ishchi partiyalarining «Demokratik blok»i keldi. 1947-yilda ular yagona ishchi partiyasiga birlashib, 40 yildan ziyod davr mobaynida Polshada hukmronlik qildi. 1990-yilda ilk erkin saylovlar o‘tkazildi. Unda Lex Valensa g‘olib chiqib mamlakat prezidenti bo‘ldi. U «Solidarnost» kasaba uyushmasi yetakchisi bo‘lib, 1980-yildan boshlab hukmron sinfga qarshi chiqa boshlagan. 1995-yilda so‘l qanot partiyalari vakili Polshada demokratik islohotlar o‘tkazilishi taklifi bilan chiqdi. S. Kvasnevskiy davlat boshlig‘i etib saylangan.
Polsha bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Iqtisodiyoti

XX asrning 90-yillarida iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bozorni barqarorlashtirish, milliy valutani mustahkamlash va davlat budjeti defitsitini kamaytirish hamda tashqi qarzning o‘sishini to‘xtatish imkonini berdi. 2012-yil YIM miqdori 593,3 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 15,5 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Sanoat va qurilishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishildi. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, kemasozlik, metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik. Ishlab chiqarish tizimining o‘zgartirilishi, modernizatsiya qilinishi va hukumat tomonidan ekologik dasturlarining bajarilishi, so‘nggi yillarda atrof-muhit ahvolining sezilarli yaxshilanishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida xususiy sektor ustundir. Polsha javdar, bug‘doy, kartoshka, raps mahsulotlarining yirik yetishtiruvchilaridan biri. Chorvachilik ancha rivojlangan. Iqtisodiy jonlanish bandlik bozoridagi ahvolni birmuncha yaxshiladi, ammo ishsizlar soni hali ham yuqori hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlari: Germaniya, Gollandiya, Italiya, Rossiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 24313 km (11613 km elektrlashtirilgan). Avtomobil yo‘llari - 352802 km, ichki suv yo‘llari - 3997 km. Asosiy port shaharlari: Gdansk, Gdinya, Shchetsin.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita