Pokiston

Pokiston Islom Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Islomobod

Aholi

188 775 000

Maydoni

803 940 km²

Valyuta

Pokiston rupiyasi (PKR)

Tarixi

Zamonaviy Pokiston hududida m. a. 3-2-ming yilliklarda dunyodagi eng qadimgilardan biri hisoblangan Xarappa sivilizatsiyasi mavjud bo‘lgan. M.a. 1500-yilda Hind sivilizatsiyasini tashkil qilgan oriy qabilalari, mamlakatning forslar tomonidan bosib olinguniga qadar bo‘lgan Pokiston tarixi hamda m. a. VI asrgacha boigan Hindiston tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. М. a. IV asrda Pokiston Buyuk Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) imperiyasi tarkibiga kirgan. Zamonaviy Pokiston hududida islom dini VIII asrda tarqala boshladi. Temuriylar, Bobur Mirzo va uning avlodlari (1526-1857-yy.) davrida esa Shimoliy Hindistonning musulmon hukmdorlari boshqaruvi hind knyazliklarining katta qismiga tarqaldi. XIX asrda zamonaviy Hindiston hududi ingliz qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Britan Hindistoni mustamlakasi tarkibiga kirdi. 1885-yilda hindlar tomonidan Hindiston Milliy Kongressini tashkil etish jarayoniga qo‘yilmagan musulmonlar 1940-yilda avtonom musulmon davlatini tashkil etish talabi bilan chiqqan va o‘zlarining Hind musulmonlari ligasini tashkil qilishgan. 1947-yilda Hindiston mustaqillikka erishgandan so‘ng Pokiston davlati shu yili tashkil etilib, 1956-yilda esa yangi qabul qilingan konstitutsiyasiga asosan Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Pokiston va Hindiston o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. 1965- va 1971-yillarda hind qurolli kuchlari Pokistonning sharqiy qismini ishg‘ol qilganidan so‘ng, 1974- yilda shu hududda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Shu bilan birga Pokiston Hindiston bilan Jammu va Kashmir shtatlari xususida ham bahs olib bormoqda. 1977-yilda harbiy to‘ntarish oqibatida mamlakatda hokimiyat tepasiga general Ziyo ul-haq keldi. Ziyo ul-haq vafotidan so‘ng 1988-yilda Pokistonda erkin parlament saylovlari o‘tkazilib, ularda Benazir Bxutto boshchiligidagi Xalq Partiyasi g‘alaba qozondi. 1990- yilda mamlakat prezidenti Is’hoq Xon muddatidan ilgari parlament saylovlarini belgilab, unda Islom demokratik alyansi g‘alaba qozondi. 2007-yil dekabrida Benazir Bxutto terroristik harakat natijasida fojiali halok bo‘lgan.

Iqtisodiyoti

Pokiston so‘nggi yillarda iqtisodni liberallashtirish, bir qator davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarishni o‘z ichiga kiritgan dastumi amalga oshirib kelmoqda. Hukumatning sa’y-harakatlari chet el hamda ichki investitsiyalar salmog‘ini oshirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish tarmog‘ida asosan to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘ja!igining asosiy mahsulotlari paxta, sholi (asosiy eksport mahsulotlari), bug‘doy, qand lavlagi, meva va poliz ekinlari mahsulotlari. Chorvachilik ham rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 8773 km, avtomobil yo‘llari - 101315 km, port shaharlari - Gvadar, Karachi.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita