Ummon

Ummon Sultonligi

Bayroq
Poytaxt

Maskat

Aholi

4 126 589

Maydoni

306 501 km²

Valyuta

Ummon riali (OMR)

Tarixi

M. a. 536-yili zamonaviy Ummon hududi forslar tomonidan bosib olingan edi. Yangi davr boshlarida o‘rtayer dengizi hamda Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdoning asosiy qismi Ummon orqali o‘tardi. VII asr o‘rtalarida Ummon mamlakatga islomni olib kirgan arablar tomonidan bosib olinadi. XVI asrda portugaliyaliklar Maskatni ishg‘ol qiladilar, biroq 1650-yilda mamlakatdan yevropaliklami haydab chiqarib, Ummon mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1741-yilda mamlakatdan eronlik bosqinchilarni quvib yuborgan Ahmad ibn Said avlodi 1733-yili Maskat sultonligiga asos soladi. Ibn Saidlar hozirgi kunlarda ham shu shaharlarda hukmronlik qilmoqdalar. 1798-yili Maskat va Buyuk Britaniya o‘rtasida do‘stlik, savdo hamda kema qatnovlari to‘g‘risidagi shartoma imzolangan. Bu shartnoma muddatlari 1891-yil hamda 1970-yillarda mamlakat rahbari «Ummon sultoni» unvonini olganidan so‘ng ikki marotaba qayta uzaytirilgan.

Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi neftni qazib olish sanoatiga asoslangan. Neft yalpi milliy mahsulotning 40% ga yaqin qismini, eksportdan tushadigan daromadlarning 20% dan ziyodrog‘ini tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligida, baliqchilikni kiritgan holda, mehnatga layoqatli aholining 60% i band. Asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari: xurmo, banan, chorvachilik ham rivojlangan. Yiliga 100 ming tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Singapur, AQSh. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 26000 km (shundan 6000 km asfalt yo‘llar). Port shahri - Maskat.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita