Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Vellington
👥
Aholi
5 324 700
🗺️
Maydoni
268 021 km²
💰
Valyuta
Yangi Zelandiya dollari (NZD)

📖 Tarixi

Maori xalqlari istiqomat qilib kelgan Yangi Zelandiya 1642-yili A. Tasman tomonidan kashf etilgan. XX asrda inglizlar tomonidan mamlakatni mustamlakalashtirish maorilar qarshilik ko‘rsatganligi tufayli (1842-1846, 1860-1868-yillardagi maori urushlari) juda sekinlik bilan bordi. 1851-yilda Buyuk Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilingan Yangi Zelandiya 1907-yili dominion maqomini qoiga kiritdi. Britan hamdo‘stligi tarkibida mustaqillikka esa 1931-yili erishdi. Fransiya tomonidan Tinch okeanida yadro sinovlarining o‘tkazilishi Yangi Zelandiya tomonidan qattiq qoralandi, 1985-yilgi «Grinpis ishi»dan keyin esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi.

📈 Iqtisodiyoti

Oxirgi o‘n yillik davomida hukumat Buyuk Britaniyaga bog‘liq bo‘lgan va agrar iqtisodiyot yo‘nalishini erkin bozor munosabatlariga asoslangan jahon iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Sanoatining nisbatan taraqqiy etgan tarmoqlari: oziq-ovqat ishlab chiqarish, selluloza-qog‘oz, kimyo, mashinasozlik, to‘qimachilik. Yuksak darajada rivojlangan qishloq xo‘jaligida (YIM - 9%) peshqadam o‘rinni chorvachilik egallaydi (qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 80% ini beradi). Mamlakat iqtisodiyotida o‘rmonchilik va baliqchilik ham muhim o‘rin tutadi. Muhim savdo hamkorlari - YI mamlakatlari, Yaponiya, Avstraliya, AQSh. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 4716 km, avtomobil yo‘llari - 92648 km (49547 km qattiq qoplamali yoilar), ichki suv yo‘llari esa - 1609 km. Mamlakatning asosiy portlari - Vellington, Oklend.