Nepal

Nepal Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Katmandu

Aholi

28 037 904

Maydoni

147 181 km²

Valyuta

Nepal rupiyasi (NPR)

Tarixi

VII asrda Nepal hududida txakur sulolasiga asos solingan bo‘lib, ular XVIII asrga qadar hukmronlik qilgan. XIV asrdan boshlab Nepal hududida musulmonlar hukmronligidan saqlanish maqsadida hind shahzodalari o‘z knyazliklarini tuzishdi. XVI asrda Nepal hududida Nashput kastasiga mansub bo‘lgan roja o‘z sulolasiga asos soldi va u 1768-yilga kelib butun Nepal knyazliklarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. 1814-1816-yillarda inglizlar bilan olib borilgan urushlarda Nepal o‘z hududining bir qismini boy berdi. 1847-yili hokimiyatga Ran sulolasi keldi va ular Nepalni 1947-yilga qadar idora qilishdi. 1960-yili Nepalda siyosiy partiyalarning faoliyat yuritishi taqiqlangan edi, biroq 1990-yili bu taqiq yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan qirol tomonidan bekor qilindi. 1991-yili esa demokratik hukumat shakllantirildi.

Iqtisodiyoti

Nepal jahonning kam rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (YIMning 60% i) tashkil qiladi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari - sholi, bug‘doy va boshqa donli ekinlar - shakarqamish, jut, shuningdek. go‘sht va sut yetishtirish yaxshi taraqqiy etgan. Shunday bo‘lsa-da mamlakat o‘zining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Sanoat ishlab chiqarishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan chegaralangan. To‘qimachilik mahsulotlari va gilam eksport qilishdan ham sezilarli darajada foyda olinadi. Keyingi yillarda mamlakat budjetiga daromad tushirishning muhim manbalaridan bin - turizm ham yaxshi rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari - AQSh, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya. Temiryo‘llaming umumiy uzunligi 101 km, avtomobil yo‘llari esa 71400 km.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita