Niderlandiya

Niderlandiya Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Amsterdam

Aholi

16 888 100

Maydoni

41 543 km²

Valyuta

Yevro (EUR)

Tarixi

Kelt qabilalari kelib o‘rnashgan hozirgi Niderlandiya hududlari m. a. I asrda rimliklar tomonidan bosib olingan. IV-V asrlarda varvarlar bosqinidan so‘ng etnik guruhlar quyidagicha joylashdilar: sakslar - sharqda, frizlar - qirg‘oq bo‘yida va franklar - mamlakat janubida. Xristianlik mamlakatga Buyuk Karl boshqaruvi davrida kirib keldi. Imperiya qulaganidan so‘ng Gollandiya 1843-yili Latoringiya tarkibiga kirdi. XIV asrda golland yerlari Burgundiya gersogi Filipp Dovyurak Flandriya grafinyasi Margaritaga uylanganidan so‘ng Burgundiyaga qo‘shildi. XV asr oxirlarida Gollandiya gabsburglar qo‘l ostiga, keyinroq fransuzlar qo‘l ostiga o‘tdi. Fransuz qiroli Filipp Chiroyli ispan taxti vorisiga uylanganligi sababli Gollandiya Ispaniya hukmronligi ostiga o‘tib qoldi. Ispaniya qiroli Karl V 1555-yili Filipp II foydasiga taxtdan voz kechdi. 1579-yili protestantlik cherkovi tarafdorlari 7 respublikadan iborat federatsiya - Utrext ittifoqini tuzdilar. 1581-yili bu ittifoq o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1648-yili Ispaniya Shimoliy Brabant va Flandriyani Niderlandiyaga berdi. XVII asrda Niderlandiya kuchli dengiz davlatiga aylandi va tez orada uning manfaatlari Britan imperiyasi manfaatlari bilan to‘qnashdi. 1794-yili Niderlandiyani Fransiya bosib oldi va uning hududida Bataviya respublikasini tuzdi, 1806-yilda esa Gollandiya qirolligini tuzdi va uni Napoleon Bonapartning akasi Lyudovik idora qildi. 1814-yili Vena kongressi qaroriga ko‘ra Niderlandiya qirolligi tuzilib, unga birlashgan provinsiyalardan tashqari Belgiya va Lyuksemburg ham kirdi. 1830-yilgi inqilob natijasida katoliklar Belgiyasi qirollikdan ajralib chiqdi va o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 2 ta jahon urushlari oralig‘ida Niderlandiya iqtisodiy ko‘tarilishlar davrini o‘z boshidan kechirdi. 1940- yili Germaniya tomonidan bosib olingan Gollandiya 1945-yilda ozod qilindi. 1949-yili Niderlandiya Belgiya va Lyuksemburg bilan bojxona shartnomasini imzoladi (Benilyuks), NATO va YI a’zosi.
Niderlandiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Iqtisodiyoti

Mamlakatning yuqori taraqqiy etgan iqtisodiyotida savdo va moliyaviy xizmatlar sektori YIMning yarmidan ko‘prog‘ini ta’minlaydi. Sanoatda esa (YIM 1/4 qismi) tabiiy gaz, neft qazib olish va neftni qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, metallga ishlov berish va mashinasozlik (elektrotexnika va radiotexnika sanoati, kemasozlik) sohalari peshqadam hisoblanadi. Yuksak mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli aholining 5% i band bo‘lsa-da, bu soha nafaqat mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi, balki yetishtirilgan mahsulotning katta qismini (sut mahsulotlari, gullar, gul qalamchalari, sabzavotlar) chetga eksport qilish imkonini beradi. 2012-yil YIM miqdori 647,1 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 39,5 mln AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari - YI mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2757 km (shundan 1991 km elektrlashtirilgan). Gollandiya keng tarmoqli avtomobil yo‘llariga ega bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 104 831 km (shundan 9251 km qattiq qoplamali yo‘llar). Ichki suv yo‘llarining umumiy uzunligi - 6340 km. Asosiy portlari - Amsterdam, Rotterdam.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita