Namibiya

Namibiya Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Vindxuk

Aholi

2 113 077

Maydoni

825 615 km²

Valyuta

Namibiya dollari (NAD)

Tarixi

Hozirgi Namibiya hududlari 1883-1884-yillarda Germaniya tomonidan mustamlakalashtirildi. German janubi g‘arbiy Afrikasi nomi bilan protektoratga aylantirildi. Mamlakat 1915-yili JAR tomonidan bosib olindi. 1920-yili esa JAR Millatlar Ligasidan janu­bi g‘arbiy Afrikani boshqarish mandatini oldi. 1949-yili JAR janubi g‘arbiy Afrikani BMT ruxsatisiz o‘ziga qo‘shib oldi. 1968-yili mamlakat BMT qarori bilan Namibiya deb nomlandi. 1966-yili tuzilgan SVAPO qurolli tashkiloti ozodlik urushlarini olib bordi. Bu kurash 1990-yilda Namibiya Respublikasini e’lon qilish bilan tugadi.

Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyotining asosi tog‘-kon sanoatidir (Namibiya yoqilg‘i bo‘lmagan foydali qazilmalar eksporti bo‘yicha 4-o‘rinda va uran ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda turadi). Namibiya boy olmos konlariga ega bo‘lganligi sababli zargarlik buyumlari uchun olmos yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan bin hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida asosiy tarmoq chorvachilik hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari - Shveysariya, JAR, Germaniya, Yaponiya. Temiryo‘llaming umumiy uzunligi 2341 km, avtomobil yo‘llari 54500 km. Mamlakatning asosiy porti - Lyuderis.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita