Mozambik

Mozambik Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Maputu

Aholi

25 727 911

Maydoni

801 590 km²

Valyuta

Metikali (MZN)

Tarixi

o‘rta asrlarda hozirgi Mozambik qirg‘oqlarida arab savdogarlari o‘z koloniyalariga asos solganlar. 1498-yili Mozambik qirg‘oqlariga Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya keldi va portugallar mahalliy qabila boshliqlari bilan Portugaliya mamlakatning faqat sohilbo‘yi hududlarini nazorat qilishi haqida kelishib olishdi. Mozambikning markaziy qismining portugallar tomonidan tadqiq qilinishi Serpa Pintu yo‘lboshchiligida XIX asming oxirida boshlandi, 1951-yili esa Mozambik Portugaliyaning dengizorti provinsiyasiga aylandi. 1962-yilda tashkil topgan FRELIMO (Mozambikni ozod qilish fronti) qurolli tashkiloti portugallarga qarshi kurash olib bordi. 1975-yil 25-iyunda Portugaliya Mozambik mustaqilligini tan oldi. Mamlakatda 16 yil davom etgan fuqarolar urushi 1992-yili hukumat va Mozambik Milliy qarshilik harakati o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi.

Iqtisodiyoti

Mozambik qishloq xo‘jaligida va gidroenergetikada iqtisodiy potensialga ega bo‘lishiga qaramasdan Afrikaning eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari - neftni qayta ishlash, kimyo, to‘qimachilik, tamaki, oziq-ovqat ishlab chiqarish. Qishloq xo‘jaligi YIMning 50% ini, eksportning 90% ini ta’minlaydi. Asosiy ekinlari: paxta, shakarqamish, choy, maniok, makkajo‘xori, sholidan iborat, keilyu yong‘oqlari va krevetkalar eksportining asosini tashkil qiladi. Keyingi yillarda hukumat tomonidan chet el investitsiyalari kirib kelishining qo‘llab-quvvatlanishi, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Ispaniya, JAR, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 3288 km, avtomobil yo‘llari - 26498 km, ichki suv yo‘llari - 3750 km. Mamlakatning asosiy portlari: Beyra, Maputu, Nakala.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita