Tarixi
Orol X.Kolumb tomonidan 1493-yilda kashf qilingan. 1632-yilda surgun qilingan katoliklar tomonidan birinchi ingliz manzilgohiga asos solindi. XVII-XVIII asrlarda Angliya va Fransiya orolga egalik qilish uchun o‘zaro kurash olib borgan. 1871-yildan 1958-yilga qadar Montserrat Shamolli orollar, 1958-yildan to 1962-yilgacha esa Vest-lndiya federatsiyasi tarkibida bo‘lgan. Montserrat - Sharqiy Karib davlatlari tashkiloti Mintaqaviy xavfsizlik tizimi uyushmasining a’zosidir.
Iqtisodiyoti
Elektron asboblar yig‘ish hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar mavjud. Paxta, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Chorvachilik, yog‘och tayyorlash va uni qayta ishlash rivojlangan. Uncha katta bo‘lmagan dengiz hayvonlarini ovlash xo‘jaligiga ega. 2006-yiI YIM miqdori 29 mln dollarni (aholi jon boshiga - 3037 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Antigua va Barbuda.