Martinika

Martinika

Martinika bayrog'i
📍
Poytaxt
Fort-de-Frans
👥
Aholi
349 925
🗺️
Maydoni
1 128 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)

📖 Tarixi

1493-yili X.Kolumb kariblar yashayotgan bu orolni kashf qildi. Karib qabilalari qirib tashlanib, 1635-yildan fransuzlar bosqini boshlandi. 1762 va 1794-1815-yillar - ingliz mustamlakachiligi davri. 1848-yili qullik bekor qilingan. 1946-yili Martinika Fransiyaning dengizorti departamenti maqomini oldi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyoti negizini qishloq xo‘jaligi va turizm tashkil etadi. Rom, shakar, poligrafiya, to‘qimachilik, sement, neftni qayta ishlash korxonalari mavjud. Shakarqamish, ananas, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gvadelupa, Yaponiya. Martinikada Lamanten xalqaro aeroporti mavjud.