Tarixi
VI asrdan XII asrgacha hozirgi Mongoliya hududi turk, uyg‘ur, qirg‘iz xonliklarining va Laoo davlatlarining tarkibida bo‘lib keldi. XIII asrda Chingizxon mo‘g‘ul qabilalarini birlashtirib juda ko‘p mamlakatlami bosib oldi va Ulkan Mo‘g‘ul imperiyasini vujudga keltirdi. XVI asrga kelib mo‘g‘ullar oldingi qudratini yo‘qotdi va budda dinini qabul qilishdi, 1635-1691-yillarda esa mo‘g‘ul qabilalari Manchjur hukmdorlari ta’siri ostiga tushib qoldilar. 1911-yili tashqi (shimoliy) Mongoliya Xitoy protektoratiga aylandi. Rossiyada inqilob amalga oshganidan keyin 1918-yili xitoyliklar Mongoliyaning butun hududlarini bosib olishga harakat qilishdi, biroq 1921-yili mamlakatga sovet qo‘shinlari kiritildi. 1924-yili esa Mongoliya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. 1939-yili Xalxin-Gol daryosi rayonida Qizil Armiya yapon qo‘shinlarining hujumlarini qaytardi. 1946-yili Mongoliya mustaqilligi Xitoy tomonidan tan olindi. 1991-yili hokimiyat tepasidagi kommunistik partiya marksizm-leninizm tamoyillarini rad etib, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy islohotlar o‘tkaza boshladi. Shu davrdan boshlab Mongoliya Respublikasi deb ataladi.
Iqtisodiyoti
Iqtisodiy faoliyat an’anaviy ravishda qishloq xo‘jaligiga asoslangan (Mongoliya dunyoda jon boshiga eng ko‘p sigir to‘g‘ri keladigan mamlakat hisoblanadi). Tog‘-kon sanoati (ko‘mir, temir rudalari, mis, molibden, volfram, qo‘rg‘oshin, oltin qazib olish) asosiy tarmoq hisoblanadi. Iqtisodiyotining boshqa muhim tarmoqlari - o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik. Hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyoti markaziy rejalashtirishdan bozor munosabatlariga o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. 2012-yil YIM miqdori 4,6 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 1900 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Qozog‘iston. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1750 km. Avtomobil yo‘llari - 46700 km (1000 km qattiq qoplamali yoilar), ichki suv yo‘llari - 397 km.