Mali

Mali Respublikasi

Mali bayrog'i
📍
Poytaxt
Bomako
👥
Aholi
22 395 489
🗺️
Maydoni
1 240 192 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)

📖 Tarixi

XI asrda vujudga kelgan Mali qirolligini XIII asrda 1 ming yillik boshlarida paydo bo‘lgan va imperator Muso (1312-1337) davrida o‘zining gullab-yashnagan davrini boshidan kechirgan, Gana qirolligi tushkunlikka uchratdi va Songai imperiyasi ta’siriga tushib qoldi. 1591-yili mamlakat Marokash bosqini natijasida bir necha mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. XIX asr oxirida hozirgi Mali hududlari Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va 1920-yili fransuz Sudani tarkibiga kirdi. 1958-yili Sudan Respublikasi tuzildi va unga 1959-yili Senegal bilan Mali Federatsiyasi birlashdi. 1960-yili ularning mustaqilligi e’lon qilindi. Federatsiya tarqalganidan so‘ng, 1960-yil sentabrida sobiq Fransuz Sudani mustaqil Mali davlati bo‘ldi. 1968-yili davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi, 1969-yili Traore prezidentlikni egalladi, u 1991-yil o‘z vazifasidan olib tashlandi. 1992-yil mamlakatda erkin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda Konari davlat boshlig‘i etib saylandi.

📈 Iqtisodiyoti

Mali dunyoning qashshoq davlatlaridan biri. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qazib olish korxonalari bilan (oltin, fosforitlar) cheklangan. Qishloq xo‘jaligi YIMning 50% ini beradi. Asosiy ekinlari - proso, sorgo, makkajo‘xori, sholi, maniok, ananaslar, mango, papaya, sitrus ekinlari, shakarqamish, tamaki, yong‘oq, paxta. Fermer xo‘jaliklari asosan Niger daryosi bo‘ylarida joylashgan. Mali - g‘arbiy Afrikaning eng yirik chorvador mamlakatlaridan biri hisoblanadi.