Marshall orollari

Marshall orollari Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Majuro

Aholi

68 000

Maydoni

181 km²

Valyuta

AQSh dollari (USD)

Tarixi

Marshall orollari 1526-yili ispanlar tomonidan ochilgan. 1788-yili kapitan Marshall tadqiq qilgan, 1803- va 1823-yillari esa rus dengizchilari Kruzenshtern va Kotsebular ham tadqiq qilishgan. 1885-1886-yillari orollar Germaniya tomonidan anneksiya qilingan. 1914-yildan orollar yapon qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi, 1920-yildan esa BMT mandati asosida Yaponiya boshqargan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida orollar urush maydoniga aylandi, 1947- yildan esa BMT homiyligida AQSh boshqarib keldi. Atoll Bikini AQShning yadro qurollarini sinab ko‘radigan poligonlaridan biri bo‘lgan. 1979-yilda o‘z-o‘zini boshqarish huquqini olgan Marshall orollari 1991-yili mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari - qishloq xo‘jaligi (kokos, tomat, non daraxti mevalari, qovun yetishtirish) va turizm (chet el valyutasi kirimining asosiy manbayi). Bu sohada ishga yaroqli aholining 10% i band. Sanoat baliq va kopra (kokosdan yog‘ olish)ni qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh va Yaponiya. Mamlakatning asosiy porti - Majuro.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita