Chernogoriya

Chernogoriya Respublikasi

Bayroq
Poytaxt

Podgoritsa

Aholi

703 200

Maydoni

13 812 km²

Valyuta

Yevro (EUR)

Tarixi

I asrda Chernogoriya hududi Rimning Dolmatsiya, 297-yildan Prevalitana provinsiyasiga qo‘shilgan. 493-yildan Chernogoriya bir qismi ostgotlar davlatiga, 536-yildan esa Vizantiya tarkibiga kirdi. VII asrda Chernogoriya hududida slavyanlar joylashgan. IX asrda xristiyanlik qaror topdi. 1499-yilda Chernogoriya hududi Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804-1805) Chernogoriya Rossiya va Serbiya tomonida bo‘ldi. 1852-yil Chernogoriya merosiy knyazlik deb e’lon qilindi. 1878-yili Berlin kongressi qaroriga binoan mustaqil davlat deb tan olindi. Chernogoriya 1918-yilda Serb, Xorvatva Slavyanlar qirolligi tarkibiga kirdi. 1945-yili 19-noyabrda YSFR e’lon qilingach, Chernogoriya Yugoslaviya tarkibiga kirdi. XX asrning 90-yillari boshlarida YSFR parchalanishi oqibatida Chernogoriya Serbiya bilan birgalikda yagona konfederatsiyaga birlashdi. 2006-yil 21-mayda o‘tkazilgan xalq referendumi natijalariga ko‘ra, Chernogoriya mustaqil davlatga aylandi.

Iqtisodiyoti

Qishloq xo‘jaligi yaxshi rivojlangan. Alp togiarida chorvachilik, g‘allakorlik, bog‘dorchilik, uzumchilik taraqqiy etgan. Sanoati mineral xomashyo qazib olish va unga ishlov berish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Boksit, qo‘rg‘oshin, rux rudalari, qo‘ng‘ir ko‘mir, tuz qazib olinadi. Metallurgiya, aluminiy, yog‘ochsozlik, elektrotexnika, kema ta’mirlash, to‘qimachilik va tamaki korxonalari bor. 2012-yil YIM miqdori 6,1 mlrd AQSh mln dollarni (aholi jon boshiga – 10,3 ming AQQSH doll.) tashkil etgan.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita