Tarixi
Hozirgi Monako hududidagi birinchi davlat tuzilmasi finikiyaliklarning shahar-davlati bo‘lib, u keyinchalik greklarning mustamlakasiga aylantirilgan. 1070-yili Monako genuyalik Grimaldilar oilasining mulkiga aylandi. 1524-yildan 1641-yilgacha Monako Ispaniya tomonidan anneksiya qilingan, 1873-yili esa Fransiya boshqaruvi ostiga o‘tdi. Monako 1861-yili mustaqil knyazlik bo‘ldi, biroq tez orada Fransiya protektoratiga aylandi. 1949-yildan beri Grimaldilarning gerbi va nomini saqlab qolgan Polinyaklar oilasi Monakoga egalik qilib kelmoqda.
Iqtisodiyoti
Davlat xazinasiga daromad asosan chet ellik turistlar (Monako Yevropaning eng yaxshi kurortlaridan biri hisoblanadi) va kazinolarga tashrif buyuruvchilardan keladi. Davlat o‘z fuqarolaridan daromad solig‘i olmaydi. Davlat xarajatlari bu yerda doimiy istiqomat qiladigan tadbirkorlardan, shuningdek, Monako bilan imtiyozli soliqlar asosida hamkorlik qilayotgan chet el kompaniyalaridan olinadigan soliqlar hisobidan qoplanadi. Monako daromadining qariyb yarmini korxonalar, banklar va mehmonxonalardan olinadigan qo‘shimcha qiymat solig‘i tashkil qiladi. 2012-yil YIM miqdori 1,2 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 37,6 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Monakoda yashovchilaming yashash darajasi g‘arbiy Yevropa davlatlaridagi yashash darajasi bilan tenglasha oladi. Fransiya bilan tuzilgan bojxona ittifoqi orqali Monako YI davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1,7 km, avtomobil yo‘llari yo‘q, faqat shahar ko‘chalarida bor. Asosiy porti: Monako.