Marokash

Marokash Qirolligi

Bayroq
Poytaxt

Rabot

Aholi

33 509 400

Maydoni

446 550 km²

Valyuta

Marokash dirhami (MAD)

Tarixi

М. a. XII asrdayoq hozirgi Marokash hududida dastlabki Finikiya koloniyalari paydo bo‘lgan edi. М. a. V asrda mamlakatning sohilbo‘yi qismlari Karfagen ta’siriga tushib qoldi. М. a. I asrdan V asrgacha Marokash hududi Qadimgi Rim hukmronligi ostida bo‘ldi. 429-yili mamlakat vandallar tomonidan bosib olindi, VI asrdan esa Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylandi. Arablar Marokash hududiga VII asrda kirib kelishdi, 868-yili esa arablarning idrisiylar sulolasi mahalliy barbar qabilalarini o‘z hukmronligi ostiga birlashtirishdi. XI-XV asrlarda hokimiyatni barbarlarning almoraviylar sulolalari egallab turishdi. XV-XVI asrlarda Marokashning bir qismi Portugaliya va Ispaniya tomonidan bosib olindi. Saodatiylar sulolasi yevropaliklarga qarshi sulolaning yorqin vakillaridan biri Ahmad al-Mansur podsholigi davri (1578-1603)da ayniqsa, muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. XVII asrda hokimiyatga alaudiylar sulolasi kelgan bo‘lib, hozirgi kungacha taxtni egallab turishibdi. Alaudiylar sulolasining taniqli vakillaridan biri Ismoil mamlakatni birlashtirishga, mamlakat ichkarisidagi fitnalarga barham berishga va turklar hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. XIX asrda Marokash hududini egallab olish uchun Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari raqobat qilishdi, 1912-yili esa mamlakatning katta qismi Fransiya protektoratiga aylandi, ozgina hudud Ispaniya boshqaruvi ostiga o‘tdi. XX asrning 20-yillarida mamlakatda boshlangan Ikkinchi Jahon urushi yillarida kuchaygan milliy ozodlik harakatlari 1956-yil 3-martda Marokashning mustaqil bo‘lishiga olib keldi. Marokash­ning Ispaniyaga tegishli qismi 1956-yil 7-aprelda mustaqillik oldi, biroq ispanlar qirg‘oq bo‘yidagi bir nechta shaharlar ustidan o‘z nazoratini saqlab qoldi. Mustaqillikka erishganidan so‘ng, Marokashda turli ichki qarama-qarshiliklar va davlat to‘ntarishiga urinishlar bo‘ldi. 1975-yili Marokash g‘arbiy Saxarani bosib oldi. Biroq hozirgi kunga qadar Marokash qo‘shinlari g‘arbiy Saxaradagi Polisario Fronti qo‘zg‘olonchilariga qarshi to‘xtovsiz kurash olib bormoqda.

Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyoti 90-yillarning boshida YI mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini sotishning yangilanishi, chetdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga narxlaming tushirilishi natijasida barqarorlasha boshladi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: fosforitlami qazib olish va qayta ishlash (fosforitlami ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi), oziq-ovqat, to‘qimachilik, teriga ishlov berish. Turizm ham faol rivojlanmoqda. Marokash oldida chet mamlakatlardan olingan katta miqdordagi tashqi qarzlaridan tashqari, yuqori darajada ishsizlik, mamlakatning tashqi iqtisodiy faktorlarga qaramligi kabi muhim muammolar turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Hindiston, Saudiya Arabistoni. Asosiy portlari: Kasablanka, Tanjer.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita