Tarixi
Hozirgi Litva hududida shakllangan dastlabki davlati - Buyuk Litva knyazligi edi. XIII asming o‘rtalarida paydo bo‘lgan bu knyazlik knyaz Gediminas davrida Litva va Belarus yerlarini, shuningdek, hozirgi Ukrainaning bir qismini qo‘shib oladi. Litva knyazlarining Tevton ordeniga qarshi olib borgan kurashi 1410-yil Gryunvald jangida mag‘lubiyat bilan yakunlandi. 1569-yili Litva Buyuk knyazhgi Lyublin shartnomasiga ko‘ra Rech Pospolita tarkibiga kirdi. 1795-yili Litva Rossiya tomonidan anneksiya qilindi va 1918-yilga qadar Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lib keldi. 1918-yil dekabrida mamlakatda sovet tartibi o‘rnatildi, biroq 1919-yil kuzida u bekor qilindi. 1926-yilgi davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga diktator Voldemoras keldi. 1940-yil iyul oyida mamlakatga sovet qo‘shinlari kiritildi, Litva SSSR tarkibidagi respublikaga aylandi. 1941-yili Litva nemis qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. 1944-yili mamlakat ozod qilingandan so‘ng sovet hokimiyati qayta tiklandi. 1990-yili Sovet ittifoqi respublikalari ichida birinchi bo‘lib Litva o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Sovet hukumati tomonidan u 1991-yili tan olingan. Shu yil sentabrida Litva BMT tarkibiga kirdi, 2004-yili esa - YI va NATO a’zosi bo‘ldi.
Litva O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan.
Iqtisodiyoti
Litvaning industrial-agrar iqtisodiyoti hozirgi vaqtda markazlashtirilgan boshqaruv tizimidan bozor munosabatlariga o‘tish davrini o‘z boshidan kechirmoqda. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallarini ishlab chiqarish. Qishloq xo‘jaligida (YIM - 23%) aholining uchdan bir qismi band. Qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri go‘sht-sut ishlab chiqarish sohasidir. Kartoshka, qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. 2012-yil YIM miqdori 70,8 mlrd AQSh dollarni (ahoh jon boshiga – 11,5 AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Germaniya, Polsha, Belarus va Shimoliy Yevropa mamlakatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2010 km, avtomobil yo‘llari 44200 km (35500 km - qattiq qoplamali). Ichki suv yo‘llari - 600 km. Asosiy dengiz porti Klaypeda.